Bugun 22 avgust, 2025 yil, juma

КИР

Afg‘onistonning Mozori Sharif shahrida Alisher Navoiy yodgorligini qayta tiklash loyihasiga tamal toshi qo‘yildi

Afg‘onistonning Mozori Sharif shahrida Alisher Navoiy yodgorligini qayta tiklash loyihasiga tamal toshi qo‘yildi

Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Mozori Sharif hokimi Abdulrahmon Hemmatning ta’kidlashicha, Navoiyning ancha xarob va ko‘rimsiz holga kelib qolgan yodgorligini qayta tiklash yuzasidan shahar hokimligi qarori qabul qilingan.

"Yangidan barpo etiladigan majmua uchun katta yer maydoni ajratildi, unda Navoiyning tarjimai holi, hayot yo‘li, davlat arbobi sifatida amalga oshirgan xayrli ishlari aks ettirilgan lavha o‘zbek, ingliz, dari va pushtu tillarida o‘rnatiladi, shuningdek, kutubxona tashkil etiladi", — dedi Hemmat.

Yodgorlik-majmua qurilishi shahar hokimligi byudjetidan moliyalashtiriladi va bir oy muddatda qurib bitkazilishi reja qilinyapti.

Kiritildi: 21:05 21.08.2025. O'qildi: 972 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!