Bugun 8 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Afg‘onistondan Termizga 5 ta snaryad kelib tushdi -TIV

A A A
Afg‘onistondan Termizga 5 ta snaryad kelib tushdi -TIV

2022 yil 5 iyul kuni soat taxminan 16:20 atrofida O‘zbekistonning chegaraoldi hududiga katta ehtimol bilan Afg‘oniston hududidan uchirilgan beshta reaktiv snaryadlarning kelib tushgani qayd etildi.

Shuni ta’kidlash joizki, snaryadlar tushganida portlashlar yuz bermaganligi sababli insonlar nobud bo‘lmagan va vayronagarchiliklar yuz bermagan. Termiz shahridagi “Majnuntol” mahallasida joylashgan 4 ta uy-joyga uncha yirik bo‘lmagan ziyon yetgan, beshinchi snaryad esa futbol maydonidan topilgan. Aniqlangan snaryadlar sapyorlik bo‘linmalari tomonidan zararsizlantirilgan.

Hozirda O‘zbekistonning vakolatli organlari Afg‘oniston tarafi bilan birgalikda mazkur hodisa sabablarini aniqlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirmoqdalar.

Kiritildi: 20:50 05.07.2022. O'qildi: 9384 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!