Bu haqdagi xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
Mozori Sharif shahridagi majmuadagi Navoiy haykali 2023 yil fevral oyida buzilgan edi. “Tolibon” harakati Afg‘onistonda hokimiyatni egallaganining 4 yilligini bayram qilgan kuni, haykalning ikki yonida joylashgan, alloma haqidagi ma’lumotlar yozilgan devor ham qulatilgan.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirining matbuot kotibi Ahror Burhonovning ma’lum qilishicha, vazirlik holat yuzasidan rasmiy Kobuldan izoh so‘ragan. Afg‘oniston tomoni bergan izohga ko‘ra, Alisher Navoiy haykali o‘rnatilgan joy “buyuk alloma xotirasiga yetarlicha munosib emasligi”, shoir va mutafakkir uchun “yanada ko‘rkam majmua qurilishi lozimligi” bois mahalliy hokimiyat tomonidan “olib tashlangan”, buzish ishlari mahalliy hokimiyat tomonidan, hukumat va jamoatchilik bilan kelishmasdan qilingan.