Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Afg‘on urushi faxriysi G‘ijduvon bozorida arava tortib kun ko‘rmoqda

Afg‘on urushi faxriysi G‘ijduvon bozorida arava tortib kun ko‘rmoqda

1980 1983 yillarda afg‘on urushida qatnashgan buxorolik urush faxriysi bugun dehqon bozorida arava tortib kun ko‘rmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Abdurahim Saidov Buxoroning chekka bir qishlog‘ida, kichik bir hovlida oilasi bilan istiqomat qiladi. Yoshi oltmishga borib qolganiga qaramay har tong erta uyg‘onib, G‘ijduvon bozoriga shoshiladi. Urush faxriysi bu yerda aravada yuk tashiydi.

U yoshi katta bo‘lishiga qaramay, og‘ir mehnatdan qochmaydi. Aravaning yuklari afg‘on urushi xotiralaridek og‘ir emas , deydi qahramonimiz. U azaldan hayotning uncha-muncha qiyinchiliklarini pisanda qilmagan. Urushning dahshatli kunlariga guvoh bo‘lgan. Harbiy operasiyalarda qatnashgan va sog‘-omon uyiga qaytib kelgan.

U o‘z qishlog‘ida har bir o‘tgan kunidan rozi yashab kelmoqda. Abdurahim aka askarlikni o‘tab qaytgan davrda olgan hujjat, medal va suratlarini saqlab keladi. Vaqti-vaqti bilan ularni sandiqdan olib, bir ko‘zdan kechiradi. Nevaralariga xotiralarini so‘zlab beradi, televizor orqali harbiy parad va bayramlar namoyish etilganda, ularni zavq bilan tomosha qiladi.

Urush tugagan, oradan 30 yildan ortiq vaqt o‘tdi, lekin inson ko‘ngli baribir kichik bo‘lsa-da, e’tiborga muhtoj qolaverar ekan. Abdurahim Saidov bozorda arava tortib kun ko‘rar ekan, uni ham bir kuni yo‘qlab qolishlarini orzu qiladi.

Uning zamonaviy bo‘lmasa-da, ko‘krak qismiga medallar ilingan odmi kostyum-shimi bor. Bu medallar esa qahramonona xizmatlari uchun berilgan, unut bo‘lishga loyiq emas.

Ma’lumot uchun, 15 fevral kuni sovet askarlarining Afg‘oniston hududidan olib chiqib ketilganiga 30 yil to‘ldi.

Kiritildi: 14:51 16.02.2019. O'qildi: 3200 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!