Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Rus kommunistlari Stalinning «ruhini chaqirmoqchi»

Rus kommunistlari Stalinning «ruhini chaqirmoqchi»

«Rossiya kommunistlari» partiyasiga qarashli «Stalin markazi» boshqaruvi raisi Sergey Matasovning aytishicha, «Muzeylar kechasi» tadbirida uning ishtirokchilari Iosif Stalin ruhini uyg‘otishni rejalashtirmoqda. Bu haqda «TASS» xabar berdi.

“Biz Mixail Afanasevich Bulgakovning ruhiy sessiyasini rekonstruksiya qilishni rejalashtirmoqdamiz. Biz tadbirni aynan Stalin davrining 30 yillari uslubida, o‘sha muhitda va shu uslubda o‘tkazmoqchimiz. Bulgakovning »Ruhiy sessiya« asari bor. Biz ushbu muhitni yetkazib berish uchun «Stalin markazi»da Stalin ruhining chaqirig‘i bilan ruhiy sessiyani qayta quramiz. Bu teatrlashtirilgan tomosha bo‘ladi”, - deydi u.

Matasovning qo‘shimcha qilishicha, ishtirok etishga nafaqat kommunistlar, balki hamma taklif etilgan. Oldindan ro‘yxatdan o‘tish kerak bo‘ladi. Sessiya taxminan yarim soat davom etishi kutilmoqda: “Qiziqarli va esda qolarli narsa bo‘ladi, biz barcha tafsilotlarni oshkor qila olmaymiz.»

Kiritildi: 10:50 06.05.2024. O'qildi: 1865 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!