Bugun 16 fevral, 2026 yil, dushanba

КИР

Adolat tiklandi: ona nogiron farzandi bilan o‘z uyiga kiritilishi ta’minlandi

Adolat tiklandi: ona nogiron farzandi bilan o‘z uyiga kiritilishi ta’minlandi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Xo‘jaobod tumanlararo sudining 10.12.2025 yildagi ijro varaqasiga asosan Majburiy ijro byurosi Jalaquduq tuman bo‘limi tomonidan nomulkiy ijro hujjati ijrosi ta’minlandi.

Xususan, fuqaro D.X. uzoq vaqt davomida nogiron bolasini yetaklab, uysiz sarson bo‘layotgandi. Sud qarori bilan ona nogiron bolasi bilan uyga kiritib qo‘yilishi belgilandi. Sababi, er-xotin o‘rtalaridagi nizo tufayli uyga qaytishga turmush o‘rtog‘i M.A. qarshilik qilgan.

Davlat ijrochisi tomonidan uy-joyga kiritish to‘g‘risidagi sud qarori talabini bajarishi haqida javobgar M.A. ogohlantirilgan bo‘lsa-da, ixtiyoriy ravishda ijro hujjati talabini bajarmagan.

Shundan so‘ng, tegishli mutasaddi tashkilotlar hamda mahalla vakillari ishtirokida amalga oshirilgan majburiy ijro harakatlari natijasida o‘z uy-joyiga kirish imkoniyatidan mahrum bo‘lib kelgan ona o‘zining nogiron farzandi bilan birga yashash xonadoniga kiritilishi ta’minlandi.

Majburiy ijro byurosi Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash, ayniqsa ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarning qonuniy manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha ishlar davom ettirmoqda.

Kiritildi: Bugun 17:27. O'qildi: 191 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!