Bugun 28 noyabr, 2025 yil, juma

КИР

Adliya vaziriga birinchi o‘rinbosar va o‘rinbosar tayinlandi

Adliya vaziriga birinchi o‘rinbosar va o‘rinbosar tayinlandi

Prezidentning tegishli qarori bilan Mahmud Shuhratovich Istamov adliya vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Mahmud Istamov 1979 yilda Buxoro shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, huquqshunos, 1-darajali adliya maslahatchisi. 2000 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2000 yilda Adliya vazirligi Idoraviy me’yoriy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi katta maslahatchisi lavozimida boshlagan.

So‘nggi yillarda 2017-2019 yillarda Adliya vazirining o‘rinbosari, birinchi o‘rinbosari, 2019-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari, 2021-2024 yillarda Buxoro viloyati prokurori; 2024-2025 yillarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Devoni rahbari lavozimida ishlagan.

Tayinlovga qadar (2025 yildan) O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

Shuningdek, Prezidentning tegishli qarori bilan Mirjalol Davranbekovich Allakuliyev adliya vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bungacha u vazirlikning Qonunchilik departamenti boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Adliya vaziriga birinchi o‘rinbosar va o‘rinbosar tayinlandi

Mirjalol Allakuliyev

Kiritildi: 14:02 27.11.2025. O'qildi: 349 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!