Shu kunlarda Abxaziyada elektr toki taqchilligi ulkan muammoga aylangan. Qish kelishi bilan respublikadagi yagona GESning suvi kamayib yetarlicha quvvat bera olmay qoldi. Aholiga elektr bir sutkada bir necha soatga berilmoqda, bog‘cha va maktablar yopilgan.
Ushbu vaziyatda aholi kriptovalyuta maynerlari faoliyatiga ruxsat bergan hukumat va polisiyaga keskin qarshilik bildirmoqda.
Adzyubja qishlog‘ida aholi qishloqda topilgan mayning ferma apparatlarini yoqib yuborishdi.