BAAning Abu-Dabi shahrida Rossiya, AQSh va Ukraina vakillari ishtirokidagi uch tomonlama muzokaralarning ikkinchi kuni boshlandi.
RT xabariga ko‘ra, uchrashuvda Yevropada yangi xavfsizlik tizimini shakllantirish bilan bog‘liq asosiy masalalar muhokama qilinmoqda.
Nashr manbasining ta’kidlashicha, Ukrainadagi mojaroni hal etish ushbu keng ko‘lamli muzokaralar kun tartibidagi masalalardan biri hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, muzokaralar 10 noyabrda boshlangan bo‘lib, birinchi kungi uchrashuv to‘rt soatdan ortiq davom etgan.