Bugun 13 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

Abu-Dabi polisiyasi Usmon Nurmagomedov va Merab Dvalishvili o‘rtasidagi mojaro yuzasidan rasmiy bayonot berdi

Abu-Dabi polisiyasi Usmon Nurmagomedov va Merab Dvalishvili o‘rtasidagi mojaro yuzasidan rasmiy bayonot berdi

Abu-Dabi polisiya bosh boshqarmasi mehmonxonalardan birining kirish qismida sodir bo‘lgan janjal yuzasidan rasmiy bayonot bilan chiqdi.

Ma’lum qilinishicha, avvaldan mavjud kelishmovchiliklar sabab yuzaga kelgan mojaroda ishtirok etgan 8 kishi, shuningdek, voqeani tasvirga olgan yana 2 nafar shaxs qo‘lga olingan.

Huquq-tartibot idoralari barcha ushlanganlarga nisbatan qonun doirasida tegishli choralar ko‘rilganini va ish materiallari keyingi ko‘rib chiqish uchun prokuraturaga yuborilganini bildirdi.

Polisiya ma’lumotiga ko‘ra, voqea haqida xabar kelib tushishi bilan Abu-Dabi polisiyasi tegishli bo‘linmalari zudlik bilan harakatga kirishgan. Natijada janjal ishtirokchilari va videoga olgan shaxslar aniqlanib, ushlangan.

Abu-Dabi polisiyasi jamoat xavfsizligini ta’minlash va tartibni saqlash borasida qat’iy choralar ko‘rishini ta’kidladi.

Kiritildi: 23:42 12.11.2026. O'qildi: 319 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik