Bugun 6 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumlariga qabul boshlandi

Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumlariga qabul boshlandi

Yurtimizda kollej va texnikumlarga qabul boshlandi. Abituriyentlarni ro‘yxatga olish my.uzbmb.uz saytida “Professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limi orqali amalga oshiriladi.

❗️ Ma’lumot uchun, Sog‘liqni saqlash vazirligi tasarrufidagi 72 ta Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida ham 2 va 3 yillik o‘quv dasturlari asosida qabul jarayonlari boshlandi.

Jumladan, qabul:

📚 Tibbiy profilaktika ishi;
📚 Tibbiy-ijtimoiy ish;
📚 Patronaj hamshiraligi yo‘nalishlari —
2 yillik o‘quv dasturi asosida;

📚 Hamshiralik ishi;
📚 Feldsherlik ishi;
📚Funksional diagnostika va laboratoriya ishi;
📚Stomatologiya;
📚Farmasevtika yo‘nalishlari —
3 yillik o‘quv dasturi asosida amalga oshiriladi.

Ro‘yxatga olish 10 sentyabrga qadar (10 sentyabr kuni ham) davom etadi hamda ushbu muddatga qadar abituriyentlar o‘z ma’lumotlarini tahrirlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Kiritildi: 15:30 11.08.2023. O'qildi: 8284 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!