Angliya Kubogi-2025/2026 mavsumi 3-bosqichidan o‘rin olgan "Manchester Siti" hamda mamlakatning uchinchi ligasi vakili "Ekseter Siti" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi. Jamoalar Manchesterdagi "Etihad" stadionida to‘qnash kelishdi. Xosep Gvardiola shogirdlari o‘yinda 10:1 hisobidagi g‘alabani nishonladi.
Hamyurtimiz Abduqodir Husanov bahsda asosiy tarkibda maydonga tushib, to‘liq o‘yin o‘tkazdi.
Shu tariqa "Manchester Siti" Angliya kubogining keyingi bosqichiga yo‘llanma oldi. "Ekseter Siti" turnirdagi ishtirokini yakunladi.
Manchester Siti - Ekster Siti - 10:1
Gollar: Alleyn, 12 (1:0). Rodri, 24 (2:0). Doyl-Xeys, 42 - avtogol (3:0). Fisuoter, 45 - avtogol (4:0). Lyuis, 49 (5:0). Semenyo, 54 (6:0). Reynders, 72 (7:0). ORayli, 79 (8:0). Makaydu, 86 (9:0). George Birch, 90 (9:1). Lyuis, 90 (10:1)
Manchester Siti: Trafford, Ake (Mfuni, 46), Alleyn (Bernardu Silva, 64), Abduqodir Husanov, Lyuis, Rodri (ORayli, 46), Semenyo (Doku, 64), Sherki, Reynders, Makaydu, Xolann (Mukasa, 46)
Ekseter Siti: Uitvort, Luca Woodhouse, Fisuoter, Terns, Liam Oakes (George Birch, 82), Brirli (Edvard Frensis, 82), Doyl-Xeys, Niskanen, Ris Koul (Akeel Higgins, 59), Djek Eytchison (Carlos Mendes, 59), Djeyden Uerem (Magennis, 46)
Ogohlantirishlar: Luca Woodhouse, 81