Bugun 21 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Abduqodir Husanov «Real Madrid»ga o‘tishi mumkin

Abduqodir Husanov «Real Madrid»ga o‘tishi mumkin

Madridning "Real" klubi "Manchester Siti"ning o‘zbekistonlik himoyachisi Abduqodir Husanovni ijaraga olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Fichajes nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, madridliklar uchun ustuvor vazifa moliyaviy muvozanatni buzmagan holda va kelajakdagi strategik operasiyalarga to‘sqinlik qilmagan holda mudofaani kuchaytirish hisoblanadi.

Shu bois, Madridda Husanovni ijaraga olish masalasi jiddiy o‘rganilmoqda. O‘z navbatida, Manchesterda futbolchiga ishonch bildirilmayapti va muzokaralarga tayyor.

Qayd etilishicha, Husanov "qirollik klubi"ning ko‘plab talablariga javob beradi: yoshlik, salohiyat, past xavf va yaxshi moslashuvchanlik.

Bundan tashqari, o‘zbekistonlik futbolchining transferi "Real"ga brendni rivojlantirish uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lgan Osiyo bozoridagi mavqeini mustahkamlash imkonini beradi.

Joriy mavsumda 21 yoshli O‘zbekiston milliy jamoasi himoyachisi "Siti" safida barcha musobaqalarda to‘qqizta o‘yinda maydonga tushdi.

Kiritildi: Bugun 14:10. O'qildi: 725 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!