Bugun 25 avgust, 2026 yil, seshanba

КИР

Abduqodir Husanov «Manchester Siti» bilan 2031 yilgacha yangi shartnoma imzoladi

Abduqodir Husanov «Manchester Siti» bilan 2031 yilgacha yangi shartnoma imzoladi

«Manchester Siti» klubi o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov bilan shartnomani 2031 yilgacha uzaytirgani xabar qilinmoqda.

Yangi shartnomaga ko‘ra, futbolchining yillik maoshi 7,5 million yevroga yetgani aytilmoqda.

Ushbu miqdorni so‘mga hisoblasak, Abduqodir Husanovning yillik daromadi taxminan 112,5 milliard so‘mni tashkil etadi.

Shunga ko‘ra, uning:
— oylik maoshi — taxminan 9,38 milliard so‘m;
— haftalik daromadi — 2,16 milliard so‘m;
— kunlik daromadi — 307,5 million so‘m;
— soatiga oladigan daromadi esa taxminan 12,8 million so‘mni tashkil qiladi.

Shu tariqa, futbolchi hatto uxlayotgan paytida ham har soatda qariyb 13 million so‘m ishlab topadi.

Biroq Abduqodir Husanovning yangi shartnomasi va unda ko‘rsatilgan maosh miqdori bo‘yicha rasmiy ma’lumot hozircha «Manchester Siti» tomonidan tasdiqlanmagan.

Kiritildi: 19:18 04.08.2026. O'qildi: 1733 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!