Bugun 17 yanvar, 2026 yil, shanba

КИР

Abduqodir Husanov Manchester derbisini asosiy tarkibda boshlaydi!

Abduqodir Husanov Manchester derbisini asosiy tarkibda boshlaydi!

Bugun, 17 yanvar kuni Angliya Premyer-ligasining 2025/2026 yilgi mavsumi doirasidagi 22-tur uchrashuvida «Manchester Yunayted» va «Manchester Siti» jamoalari o‘zaro to‘qnash keladi. O‘yin «Old Trafford» stadionida bo‘lib o‘tadi. Jamoalarning boshlang‘ich tarkibi aniq bo‘ldi.

Angliya — Premyer-liga. 22-tur
17 yanvar 2026 yil, shanba. 17:30
Manchester Yunayted — Manchester Siti
«Manchester Yunayted»: Lammens, Dalo, Maguayr, Martines, Shou, Fernandesh, Dorgu, Kazemiro, Maynu, Diallo, Mbemo.
«Manchester Siti»: Donnarumma, Lyuis, Abduqodir Husanov, Alleyn, Ake, Rodri, Silva, Semenyo, Foden, Doku, Xoland.

APLning 21 turidan so‘ng «qizil iblislar» 32 ochko to‘plab, jadvalda 7-o‘rinni egallab turibdi. «Shaharliklar» esa 43 ochko bilan ikkinchi pog‘onada joylashgan.

Kiritildi: Bugun 16:46. O'qildi: 431 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!