Bugun 21 mart, 2025 yil, juma

КИР

Abduqodir Husanov «Eng qimmatbaho iste’dodlar» ro‘yxatiga kiritildi

Abduqodir Husanov «Eng qimmatbaho iste’dodlar» ro‘yxatiga kiritildi

«Manchester Siti» va O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov Transfermarkt portali tomonidan 21 yoshgacha bo‘lgan eng iste’dodli 50 futbolchi qatoriga kiritildi, deb xabar beradi Sports.kz.

Ushbu reytingda Husanov 38-o‘rinni egalladi. Ro‘yxatning birinchi pog‘onasida «Barselona» vingeri Lamin Yamal joy olgan. Ikkinchi o‘rinda «Real Madrid» yarim himoyachisi Jud Bellingem, uchinchi o‘rinda esa «Bayer» klubi atakuvchi yarim himoyachisi Florian Virs qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, Transfermarkt avvalroq Abduqodir Husanovning bozor bahosini 12 million yevrodan 35 million yevroga oshirgan edi. Joriy mavsumda 21 yoshli o‘zbek himoyachisi «Manchester Siti» tarkibida sakkizta o‘yin o‘tkazib, bir gol urgan.

Kiritildi: 03:42 19.03.2025. O'qildi: 938 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!