Bugun 18 aprel, 2026 yil, shanba

КИР

Abduqodir Husanov dunyoning 23 yoshgacha bo‘lgan eng yaxshi futbolchilari orasida yigirmatalikdan joy oldi

Abduqodir Husanov dunyoning 23 yoshgacha bo‘lgan eng yaxshi futbolchilari  orasida yigirmatalikdan joy oldi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Angliyaning "Manchester Siti" klubi himoyachisi Abduqodir Husanov dunyoning eng yaxshi yosh futbolchilari orasida 19-o‘rindan joy olgan.

Xalqaro sport tadqiqotlari markazi futbolchilarning so‘nggi olti oydagi o‘yinlari, ularning jamoaga ta’siri, o‘yindagi ko‘rsatkichlari, o‘yin darajasi, o‘yin amaliyotini va natijalarini inobatga olgan holda, 23 yoshgacha bo‘lgan eng yaxshi futbolchilar reytingini tuzib chiqdi. Angliya Premr-ligasida Abduqodir Husanov 79,9 ball to‘plagan holda, 19-o‘yinni egalladi. Terma jamoamiz futbolchisi kam o‘yin vaqtiga ega bo‘lgan bo‘lsa-da, hujumlarni shakllantirishda eng yaxshilardan biriga aylanishga ulgurdi.

Ushbu ro‘yxatda, "Liverpul" klubi pleymeykeri Florian Virs 93,8 ball bilan yetakchilik qilmoqda. Kuchli uchlikdan esa Rayan Sherki va Lyuis Holl joy olgan.

CIES ma’lumotlariga ko‘ra, APLning U-23 toifadagi eng yaxshi futbolchilari o‘nligi bilan tanishing:

1. Florian Virs "Liverpul" - 93,8

2. Rayan Sherki "Manchester Siti" - 90,0

3. Lyuis Holl "Nyukasl" - 87,7

4. Niko O'Rayli "Manchester Siti" - 87,5

5. Milosh Kerkez "Liverpul" - 85,5

6. Alexandro Garnacho "Chelsi" - 85,4

7. Adam Uorton "Kristal Pelas" - 85,3

8. Malo Gusto "Chelsi" - 84,1

9. Maykl Kayode "Brandford" - 82,6

10. Xavi Simons "Tottenxem" - 82,1

Kiritildi: Bugun 13:10. O'qildi: 355 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!