Bugun 17 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Abdulla Aripov Qozog‘iston hukumati delegasiyasini qabul qildi

A A A
Abdulla Aripov Qozog‘iston hukumati delegasiyasini qabul qildi

O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov kecha 2 noyabr kuni Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Roman Sklyar boshchiligidagi delegasiyani qabul qildi.

Yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlikni yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy, tibbiyot, ta’lim, transport va logistika sohalari bo‘yicha yangi istiqbolli loyihalarni birgalikda amalga oshirish yuzasidan o‘zaro fikr almashildi, - deyilgan xabarda.

Hukumatlararo uchrashuvda oliy va yuqori darajada erishilgan kelishuvlarning hozirgi holati va istiqboli muhokama qilindi. O‘zbekiston-Qozog‘iston munosabatlarining dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Kiritildi: 10:51 03.11.2020. O'qildi: 1864 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik