O‘zbekiston Afg‘oniston bilan savdo aylanmasini joriy yilda 1 milliard dollarga, yaqin kelajakda esa 3 milliard dollarga etkazmoqchi.
O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi hukumat delegasiyasi Kobulda tashrif doirasida Afg‘oniston bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Abdul G‘ani Barodar, bosh vazir o‘rinbosari Abdus-Salom Hanafiy, bosh vazirning siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Abdul Kabir va Tashqi ishlar vaziri Amir Xon Muttaqiy bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazdi.
Muzokaralar davomida o‘zaro savdo aylanmasini joriy yilda 1 milliard dollarga, yaqin istiqbolda esa 3 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha barcha imkoniyatlar mavjudligi ta’kidlangan.