Bugun 6 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Abdulaziz Komilov Turkmanistonda unvon bilan taqdirlandi

A A A
Abdulaziz Komilov Turkmanistonda unvon bilan taqdirlandi

Abdulaziz Komilov Turkmanistonning «Hurmatli el yoshullisi» unvoni bilan taqdirlandi. Qolaversa, unga «Maxtumquli Firog‘iyning 300 yilligi» yubiley medali topshirildi.

Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov O‘zbekistonning sobiq tashqi ishlar vaziri, hozirgi prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosari Abdulaziz Komilovni «Hurmatli el yoshullisi» unvoni bilan taqdirladi.

Mukofotga Komilovning milliy an’analarni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi; Yosh avlodni tarbiyalashdagi xizmati; Siyosiy, iqtisodiy va ilmiy-madaniy sohalardagi hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha amalga oshirgan ishlari sabab bo‘lgan.

Shuningdek, Abdulaziz Komilov Turkman shoiri Maxtumquli Firog‘iy tavalludining 300 yilligi munosabati bilan «Maxtumquli Firog‘iyning 300 yilligi» yubiley medali va yodgorlik belgilari bilan ham taqdirlandi.

Kiritildi: 16:12 13.12.2024. O'qildi: 1385 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!