O‘zbekiston milliy jamoasi vingeri Abbosbek Fayzullayev terma jamoa mashg‘ulotlariga qo‘shildi. U bugungi mashg‘ulotlar oldidan jurnalistlar savollariga javob qaytardi.
Hozirgi holati haqida
«Holatim yaxshi. Tiklanib oldim, chunki hali o‘ynaganimizga ham ko‘p bo‘lmagandi. Murabbiylar bilan kelishib tavakkal qilmaslikka qaror qildik. Keyingi o‘yinga tayyor».
Kechagi o‘yin haqida
«Qiyinchilik bo‘lishi tabiiy, chunki oson o‘yinning o‘zi yo‘q. Qizil kartochka ham ta’sir qildi, chunki ungacha ustunlik bizda edi. Muhimi 3 ochko».
Keyingi o‘yin haqida
«Xudo xohlasa, g‘alaba uchun maydonga chiqamiz va ko‘proq gol urishga harakat qilamiz».
Turkiyaga moslashish haqida
«Moslashish qiyin bo‘lmadi. Uning asosiy sababi - oldimda Eldor aka bor. Birga moslashib ketish qiyinchilik tug‘dirmadi. Jamoa ham bizni yaxshi qabul qildi».