Italiya chempionatining 30-turida "Roma" safarda "Lechche"ni mag‘lub etdi - 1:0.
Yagona golni 80-daqiqada rimliklar forvardi Artyom Dovbik kiritdi.
Eldor Shomurodov 72-daqiqada zaxiradan o‘yinga qo‘shildi.
"Roma" A Seriya turnir jadvalida 52 ochko bilan oltinchi o‘ringa ko‘tarildi.
"Lechche" qatorasiga beshinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi va 25 ochko bilan 16-o‘rinda bormoqda.