Bugun 4 iyun, 2026 yil, payshanba

КИР

9 oyda “Ayollar daftari"ga kiritilgan ehtiyojmand xotin-qizlarning 929 813 nafariga turli darajada yordam ko‘rsatildi

A A A
9 oyda “Ayollar daftari"ga kiritilgan ehtiyojmand xotin-qizlarning 929 813 nafariga turli darajada yordam ko‘rsatildi

Joriy yilning 9 oyida “Ayollar daftari"ga kiritilgan ehtiyojmand xotin-qizlarning 929 813 nafariga turli darajada yordam ko‘rsatildi.

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi axborot xizmati rahbari Saodat Boymirzayeva ma’lum qildi.

Xususan, 1-toifa bo‘yicha:

425 760 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlardan 414 849 nafari yangi ish o‘rinlari va jamoat ishlariga joylashtirildi.

2-toifa bo‘yicha:

49 622 nafar tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan ehtiyojmand xotin-qizlarning 44 956 nafariga tadbirkorlik faoliyatlarini yo‘lga qo‘yishlari uchun imtiyozli kreditlar ajratildi.

3-toifa bo‘yicha:

225 532 nafar boquvchisi bo‘lmagan ehtiyojmand xotin-qizlardan 198 541 nafariga bir martalik moddiy yordam berildi.

4-toifa bo‘yicha:

202 897 nafar ijtimoiy yordamga muhtoj 1- va 2-guruh nogironligi bo‘lgan shuningdek, tezkor tibbiy muolajaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlardan 181 812 nafariga bir martalik moddiy ko‘rsatildi.

5-toifa bo‘yicha:

9 128 nafar uy-joyga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlarning

7 875 nafariga yordam ko‘rsatilgan.

6-toifa bo‘yicha:

87 741 nafar qaramog‘ida nogironligi bo‘lgan farzandi mavjud ehtiyojmand ayollardan 81 780 nafariga moddiy yordamlar berildi.

Kiritildi: 18:11 09.10.2023. O'qildi: 1162 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!