 
        Indoneziya hukumati joriy hafta Jakartada 700 ga yaqin bolaning zaxarlanishiga sabab bo‘lgan ovqatdan zaharlanish holatlarini tekshirmoqda. Bu o‘quvchilar prezident Prabovo Subiantoning maktabda bepul ovqatlanish dasturi doirasida tayyorlangan taomlarni iste’mol qilgandan keyin sodir bo‘ldi, deya xabar beradi Reuters.
JPPI deb nomlanuvchi nodavlat tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, 29 oktyabr holatiga ko‘ra, yanvar oyida boshlangan maktabda ovqatlanish dasturi taxminan 15 000 bolani kasal qilgan.
Rasmiylarning ta’kidlashicha, oziq-ovqat mahsulotlarini noto‘g‘ri saqlash va tayyor ovqatlarni kech yetkazib berish ko‘pincha zaharlanishga sabab bo‘ladi.
Jakartada ikki xil maktabning 660 ga yaqin o‘quvchisi bepul maktab ovqatlaridan zaharlandi, deb xabar berdi viloyat gubernatori Enda Subekti Kuntariningsix 29 oktyabr, chorshanba kuni Instagramdagi sahifasida.
Dasturni nazorat qiluvchi Milliy oziq-ovqat agentligi (BGN) rahbari Dadan Gindeyana agentlikka rasmiylar zaharlanish holatlarini tekshirayotganini va yaqin atrofdagi oshxonalarni vaqtincha yopib qo‘yganini aytdi.
Arxipelagda 11 mingta shunday oziq-ovqat markazlari mavjud.
 18+ Andijonda 10-sinf o‘quvchilari tungi klublarda "javlon" urishmoqda (foto)
                    
                    18+ Andijonda 10-sinf o‘quvchilari tungi klublarda "javlon" urishmoqda (foto)
                 "Moskva yer yuzidan “supurib tashlanadi”
                    
                    "Moskva yer yuzidan “supurib tashlanadi”
                 Muhojirlar orasida birinchi: Ukrainaga qarshi urushda Rossiya armiyasi safida jang qilayotgan o‘zbeklar soni ma’lum bo‘ldi
                    
                    Muhojirlar orasida birinchi: Ukrainaga qarshi urushda Rossiya armiyasi safida jang qilayotgan o‘zbeklar soni ma’lum bo‘ldi