Skott Bescent bu haqda Fox Business'ga bergan intervyusida ma’lum qildi.
"Aprel, may va ehtimol iyun oylari juda sermazmun bo‘ladi", – deya qo‘shimcha qildi Bescent.
Avvalroq Yevropa Ittifoqi Trampga sanoat mahsulotlariga o‘zaro boj to‘lovlarini nol stavkada o‘rnatishni taklif qilgandi.
Biroq AQSh prezidenti mazkur taklifni rad etib, buning "etarli emasligini" aytdi. Tramp Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga Qo‘shma Shtatlardan ko‘proq uglevodorod resurslarini import qilishni taklif qilib, bu miqdor Qo‘shma Shtatlarning YEI bilan savdo balansining hozirgi taqchilligiga teng bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.