Bugun 13 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

7 dekabrdan Xivaga "Afrosiyob" poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yilmaydi

A A A
 7 dekabrdan Xivaga "Afrosiyob" poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yilmaydi

Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda 7 dekabrdan Xiva shahriga yuqori tezlikda harakatlanuvchi «Afrosiyob» poyezdlari qatnay boshlagani haqida ma’lumotlar qizg‘in tarqalmoqda.

"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ ijtimoiy tarmoqda shu mazmunda tarqalgan xabarlarni rad etdi.

Ammo shuni ta’kidlash kerakki, Buxoro Urganch Xiva temir yo‘l uchastkasini elektrlashtirish ishlarini yakunlash doirasida bitta yuqori tezlikda harakatlanuvchi «Afrosiyob» poyezdi sinovdan o‘tkazildi. Ushbu bosqich yangi marshrutni sinovdan o‘tkazish va infratuzilmaning to‘liq foydalanishga tayyorligini tekshirish dasturining bir qismidir.

Biz barcha ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarini bunday turdagi ma’lumotlarni olish va tarqatishda ehtiyot bo‘lishga chaqiramiz. Joriy ma’lumotlarni olish uchun «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning rasmiy sahifalarida yangiliklarni kuzatib borishni tavsiya etamiz,- deyiladi xabarda.

Kiritildi: 18:15 04.12.2024. O'qildi: 1828 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!