Bugun 15 dekabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

649 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi

649 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi

Yuqori Chirchiq tumanidagi «Farovon» MFYda joylashgan xonadonda 70 sotixlik hududda 2 ta issiqxona (50 sotix limon, 20 sotix qulupnay) borligi ma’lum bo‘ldi.

Xonadondagi gaz jihozlari o‘rganilganda 2 dona gazda ishlovchi isitish apparati (OAGV), 2 dona (2 va 4 yondirgichli) gaz plitasidan hech qanday loyiha hujjatlarisiz foydalanib kelinayotgani aniqlandi.

Shuningdek, xonadondagi elektron gaz hisoblash uskunasi tekshirilganda mazkur hisoblagich ro‘yxatdan o‘tkazilmagani va ta’minot korxonasi bilan tegishli shartnoma tuzilmagani ma’lum bo‘ldi.

Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, sarflangan tabiiy gaz hajmi qonunchilikda belgilangan tartibda qayta hisob-kitob qilindi. Iste’molchi tomonidan 649 million so‘mlik zarar yetkazilgani ma’lum bo‘ldi. Barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshiriladi.

Kiritildi: Bugun 15:39. O'qildi: 286 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!