Bugun 15 dekabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Isroil Suriya muxolifatiga tahdid qildi

Isroil Suriya muxolifatiga tahdid qildi

Isroillik jurnalist va Axios muxbiri Barak Ravidning xabar berishicha, Isroil davlati avvalroq Suriyadagi yetakchi muxolifat harakati Hayat Tahrir ash-Sham (HTS) yetakchisi Abu Muhammad al-Juloniyga tahdidli xabar yuborgan, deb yozadi Middle East Monitor.

Ravid, Isroil tomonidan HTSga yuborilgan xabarda Isroil chegarasiga yaqinlashmaslik tahdidi borligini aytdi. Uning ta’kidlashicha, Isroil armiyasi «agar chegaraga yaqinlashsa, XTSga qarshi harakat qiladi».

❕ Isroillik jurnalistning ta’kidlashicha, yahudiy davlati HTS harakatidan «AQSh va Yevropa davlatlarida bildirilganidan ko‘ra ko‘proq» jiddiy xavotirda.

Kiritildi: Bugun 10:30. O'qildi: 815 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!