Yaqinda terror tashkiloti PKK/YPG isroildan Suriya Milliy Armiyasiga (SMA) qarshi kurashda yordam so‘radi, jumladan, Turkiyaga moyil kuchlarga qarshi samolyotlardan foydalanishga ham.
«Turkiya Ovozi» guruhi bu masalani Anqaradan kelgan yuqori martabali vakillar bilan muhokama qildi va ularning javobini oldi:
Turkiya bundan xabardor. Agentliklarimiz isroilga hech qanday sharoitda PKK/YPG SDF terroristlarini isroil havo kuchlari yoki boshqa kuchlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanishiga toqat qilmasligini oldindan aytib o‘tdi.
Agar isroil shunday harakatlar qilishga qaror qilsa, bizning havo hujumidan mudofaa tizimlarimiz va qiruvchi samalyotlarimiz ularni yo‘q qilishga tayyor. Tegishli buyruqlar allaqachon Turkiya Qurolli kuchlari Bosh shtabimizga yetkazilgan.
Buning tasdig‘i sifatida shuni ta’kidlash mumkinki, isroil harbiy-havo kuchlarining Suriyadagi harbiy ob’ektlarga bergan zarbalari Turkiya chegaralaridan ancha uzoqda amalga oshirildi. Ularning hech biri SMAga qarshi qaratilgan emas.
Bu isroil hukumati Turkiya qurolli kuchlarining javob harakatlaridan qo‘rqayotganidan dalolat beradi.