Bugun 15 dekabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Rossiya armiyasi jadallik bilan oldinga ketmoqda

Rossiya armiyasi jadallik bilan oldinga ketmoqda

Ukraina Qurolli kuchlari bosh shtabi 13 dekabr kuni kechki hisobotida Donetsk viloyatining janubi-g‘arbiy qismidagi Pokrovsk va Vremivka yo‘nalishlarida «keskin vaziyat» haqida ma’lum qildi. Aynan shu hududda rus qo‘shinlari o‘zlarining asosiy hujum kuchlarini jamlayotgani ta’kidlandi. Shuningdek, Kuraxove va Liman yo‘nalishlarida ham hujum harakatlari davom etayotgani aytildi.

Hisobotda janglar bo‘layotgan aholi punktlari sanab o‘tilgan. Ular orasida so‘nggi kunlarda Rossiya va Ukraina manbalarining xabarlariga ko‘ra, Ukraina harbiylari qurshov xavfi ostida qolgan Kuraxove shahridan janubdagi bir qator qishloqlar ham bor. Frontdagi o‘zgarishlarni kuzatib boruvchi DeepState tahliliy loyihasi shanbaga o‘tar kechasi Rossiya harbiylari Veseliy Gay, Yelizavetivka va Romanivkani egallaganini, shuningdek, Uspenivkada janglar davom etayotganini ma’lum qildi.

Ilgari Rossiya harbiy blogerlari ushbu aholi punktlari qo‘lga olingani haqida xabar bergan edi. Agar bu ma’lumot tasdiqlansa, bu Ukraina harbiylari qurshovdan qutulishga erishganini, ammo Kuraxovening janubidagi hududni boy berganini anglatadi.

Kuraxovo va Pokrovsk hududida rossiyalik harbiylar Donetsk viloyatining ma’muriy chegarasiga yetib borishiga 10-15 kilometr qoldi.

Rossiya harbiylari so‘nggi oylarda Ukraina hududlarini bosib olish sur’atini oshirdi - mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, kuniga o‘rtacha 10 kvadrat kilometrdan ortiq hudud ularning nazoratiga o‘tadi. Shu bilan birga, hali ham frontning yorib o‘tishi sodir bo‘lmayapti, deyarli har bir aholi punkti uchun janglar ketmoqda va front chizig‘ining katta qismi oylar davomida deyarli o‘zgarmagan.

Kiritildi: 22:31 14.12.2024. O'qildi: 1455 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!