2024 yil 14 dekabr kuni soat 16:15 lar atrofida Samarqand shahar Mirsaid Baraka ko‘chasida harakatlanib kelgan Tesla Cybertruck rusumli transport vositasi 2-otryad YPX xodimi safdor S.Mahammadiyev tomonidan qonuniy tartibda to‘xtatilib, hujjatlari ko‘zdan kechirilganda, haydovchi transport vositasini hisob ma’lumotnomasi asosida haydovchilik guvohnomasisiz boshqarib kelayotganligi aniqlangan. Bu haqda Samarqand viloyati IIB JXX YHXB axborot xizmati ma’lumot berdi.
“Holat yuzasidan haydovchiga nisbatan ma’muriy tartibda bayonnoma rasmiylashtirilib, transport vositasi vaqtinchalik saqlash jarima maydonchasiga joylashtirilgan”, – deyiladi xabarda.