Bugun 29 iyul, 2026 yil, chorshanba

КИР

6 oyda 48,5 milliardlik kontrabanda ushlandi, 7 kishi qamalishi mumkin

6 oyda 48,5 milliardlik kontrabanda ushlandi, 7 kishi qamalishi mumkin



Qonun bor, taqiq bor, lekin baribir yashirin aylanmadan soqqa qilish ilinjida yurgan "uddaburonlar" to‘xtamayapti. Bojxona qo‘mitasining rasmiy raqamlariga qarang: joriy yilning 6 oyida tamaki va elektron sigaretalarning noqonuniy aylanmasi bo‘yicha 759 ta holat fosh etilgan.

Natijada jami qiymati 48,5 milliard so‘mlik mahsulotlar olib qo‘yilgan. Bu juda katta yashirin bozor tugatildi degani. Bundan tashqari, aynan nikotinli snyus mahsulotlari bo‘yicha 185 ta holat aniqlanib, 4,2 milliard so‘mlik 58 ming 403 quti zahar musodara qilingan.

Hammasidan ham odamni hayratga soladigani qonunni umuman pisand qilmay, bu ishga qayta qo‘l urgan 15 nafar fuqaroning qilmishi bo‘ldi. Ularning 7 nafariga nisbatan to‘g‘ridan-to‘g‘ri jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.

2025 yil 27 noyabrda qabul qilingan Qonunga binoan, nikotinli snyuslar va tamakini qizdirish tizimlarini noqonuniy muomalaga kiritish, ishlab chiqarish, elektron sigaretalarni olib kirish yoki olib chiqish butunlay taqiqlangan. Buning uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik bor.

Kiritildi: 18:52 07.07.2026. O'qildi: 808 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!