Bugun 28 sentyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

6 mlrd so‘mlik kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari kontrabandasiga chek qo‘yildi

6 mlrd so‘mlik kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari kontrabandasiga chek qo‘yildi

Giyohvandlik vositalarining kontrabandasi va noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish doirasida Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari va Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari hamkorligida olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida “o‘zbek-qirg‘iz” davlat chegarasining Quvasoy shahar Polmon MFY hududidan o‘tuvchi qismida noma’lum shaxslar tomonidan katta miqdordagi kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari qoldirib ketilganligi aniqlandi.

Tergovga qadar tekshiruv davomida Qirg‘iz Respublikasidan kontrabanda yo‘li bilan o‘tkazilgan jami 7 dona qutilarda umumiy qiymati 6 mlrd 19 mln 980 ming so‘mlik 53 522 dona “Regapen” va 20 000 dona “Zardeks” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari borligi ma’lum bo‘ldi.

Hozirda holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 246-moddasi 1-qismi va 251-1-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dori vositalari egalarining shaxsini aniqlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Kiritildi: 12:10 25.09.2025. O'qildi: 509 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!