Taxminan besh yillik blokirovkadan so‘ng Fortnite video o‘yini AQSh App Store do‘koniga qaytdi.
Bu haqda Reuters yozmoqda.
Loyihaga egalik qiluvchi Epic Games o‘z monopol mavqeini suiiste’mol qilishda ayblangan Applega huquqiy bosimdan so‘ng o‘yinga kirishni tikladi.
2024 yil aprel oyida sud Apple uchinchi tomon to‘lov xizmatlarini App Storega kirishga ruxsat berishni talab qiluvchi avvalgi qarorni buzganligini aniqladi. Sud qarorini bajarmaganlik uchun kompaniya jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin.
2020 yilda taqiqlanganidan oldin iOSda 116 milliondan ortiq foydalanuvchiga ega bo‘lgan Fortnite avvalroq Epic Games Store va AltStore orqali Android va Yevropa platformalariga qaytgan edi.
Tahlilchilarning fikricha, presedent App Store iqtisodini o‘zgartirishi mumkin, Spotify yoki Netflix kabi ilovalar Apple kompaniyasiga komissiya to‘lamasdan monetizasiya qilishda ko‘proq moslashuvchanlikka ega bo‘ladi.