Bugun 28 mart, 2026 yil, shanba

КИР

42 yildan beri Angliyaning birorta o‘yinini o‘tkazib yubormagan muxlis JCh uchun 400 ming yevrolik uyini sotib yubordi

42 yildan beri Angliyaning birorta o‘yinini o‘tkazib yubormagan muxlis JCh uchun 400 ming yevrolik uyini sotib yubordi

62 yoshli angliyalik Endi Miln shu yozda Amerika Qo‘shma Shtatlarida bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatida Angliya terma jamoasi ishtirokidan zavqlanish uchun keskin qadam tashlashga qaror qildi. U safar xarajatlarini qoplash uchun o‘z uyini sotib yubordi. Sotuvdan u taxminan 400 ming yevro mablag‘ ishlab oldi.

Miln 80-yillarning boshidan beri Angliya terma jamoasiga muxlislik qiladi. U ilk bor 19 yoshida, 1982 yilda Ispaniyada o‘tgan Jahon chempionatiga tashrif buyurgan. O‘shandan beri u inglizlarning mundiallardagi har bir o‘yinini stadiondan tomosha qilib kelmoqda — bu nafaqat erkaklar, balki ayollar terma jamoasiga ham tegishli!

A Bola nashrining aniqlik kiritishicha, gap haqiqatan ham noyob va fidoyi muxlis haqida ketmoqda.

Kiritildi: Bugun 15:04. O'qildi: 302 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!