Bugun 25 oktyabr, 2024 yil, juma

КИР

350 million so‘m imtiyozli kredit olib berishni va’da qilib, 3000 AQSh dollari olgan firibgarlar ushlandi

350 million so‘m imtiyozli kredit olib berishni va’da qilib, 3000 AQSh dollari olgan firibgarlar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Buxoro viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.M. fuqaro O.Q.ga o‘zini go‘yoki Buxoro shahar hokimligida haydovchi vazifasida ishlashini aytib, tanishlari yordamida uy-joy sotib olish uchun 350 mln so‘m imtiyozli kredit olib berishi evaziga 3 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi va IIV xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro B.I. fuqaro B.U.ga go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida 2 000 AQSh dollari evaziga Beruniy tumanidagi tijorat banklarining biridan 200 mln so‘m imtiyozli kredit olib berishini aytib, evaziga 8 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 17:56 25.06.2024. O'qildi: 999 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!