Voronejda sud yetti oylik qizini yig‘lagani uchun o‘ldirgan 34 yoshli onani 12 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Bu haqda 24 yanvar, dushanba kuni Rossiya Tergov qo‘mitasi hududiy boshqarmasi ma’lum qildi.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, jinoyat 2021 yil 9 yanvar kuni kechki payt sodir etilgan. Ayol farzandi bilan birga eri spirtli ichimlik ichib o‘tirgan qo‘shnisinikiga kelib, ularga qo‘shilgan. Biroz vaqt o‘tgach, eri uyiga ketdi, ayol esa ichishni davom ettirdi. Shu payt qizchasi yig‘lab, onasini bezovta qildi. Natijada ayolning jahli chiqib, qizning boshiga bir necha marta urgan. Chaqaloq olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan.
Voqeadan keyin ayolga nisbatan Rossiya Federasiyasi Jinoyat kodeksining 105-moddasi («Qotillik») bilan ish ochilgan. Tergov davomida ayol avvaliga o‘z aybini to‘liq tan oldi, so‘ngra qo‘shnisini aybdor qildi. Ammo bu versiya tasdiqlanmadi.