“Milliy tiklanish” fraksiyasida 2026 yil Davlat byudjeti muhokama qilinar ekan, deputat Umida Raxmonova ikki muhim masalani ko‘tardi.
Birinchi masala — darsliklar. Kelasi yilga ta’lim uchun deyarli 2 trln so‘m ajratilishi rejalashtirilgan. Mablag‘ oshayapti lekin darslik yetishmovchiligi muammosi shunga qaramay qolaveradi?
Ikkinchi masala: joriy yil “Toza qo‘llar” yangi loyihasiga 311 mlrd so‘m ajratilgan. Kelgusi yilga yana 221 mlrd ajratilmoqda.
Lekin loyiha hali ham to‘liq ishga tushmagan, ko‘plab maktab va bog‘chalardagi hojatxonalar talabga javob bermaydi, gigiyena vositalari esa yetarli emas. Bunday sharoitda “Toza qo‘llar” deb nomlangan loyihaga ajratilgan byudjet pullari qayerga sarflanmoqda?