Bugun 31 avgust, 2026 yil, dushanba

КИР

30 avgust futbol taqvimi: markaziy uchrashuvlar va translyasiyalar

30 avgust futbol taqvimi: markaziy uchrashuvlar va translyasiyalar

30 avgust kuni futbol muxlislarini O‘zbekiston kubogi, Angliya Premyer-ligasi, Ispaniya La Ligasi, Italiya A Seriyasi, Germaniya Bundesligasi, Fransiya Liga 1 hamda Turkiya Superligasida bir qator qiziqarli uchrashuvlar kutib turibdi.

O‘zbekiston kubogi 1/8 final bosqichida bugun yana ikki bahs o‘tkaziladi. Soat 18:00 da "So‘g‘diyona" "Jayxun"ni qabul qiladi. Uchrashuv Sport TV orqali namoyish etiladi, bahsni Muhammadyor Soliyev sharhlaydi. Soat 19:00 da esa "Navbahor" va "Nasaf" chorak final yo‘llanmasi uchun kurashadi. O‘yin Futbol TV orqali efirga uzatiladi, sharhlovchilar — Dilshod To‘xtabekov va Abdurashid Odilov.

Angliya Premyer-ligasining 2-turida soat 18:00 da "Chelsi" — "Brayton", "Sanderlend" — "Fulhem" va "Lids Yunayted" — "Brentford" uchrashuvlari boshlanadi. "Chelsi" — "Brayton" bahsi Setanta orqali Orif Tolipov sharhida namoyish etiladi. Soat 21:30 da esa "Manchester Yunayted" o‘z maydonida "Ipsvich Taun"ni qabul qiladi. Ushbu bahsni ham Setanta telekanali Orif Tolipov sharhida efirga uzatadi.

La Liga 3-turida soat 20:00 da "Real" "Malaga" bilan kuch sinashadi. Uchrashuv Zo'r TV orqali Hasan Turdaliyev sharhida namoyish etiladi. Soat 22:30 da "Deportivo" — "Valensiya", 00:30 da esa "Selta" — "Atletik Bilbao" bahslari o‘tkaziladi.

Italiya A Seriyasining 2-turida soat 21:30 da "Napoli" — "Komo" uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. 23:45 da "Kalyari" "Inter"ni, "Lasio" esa "Jenoa"ni qabul qiladi.

Bundesliganing 1-turida soat 18:30 da "Frayburg" va "Verder" o‘zaro bahslashadi. Ushbu uchrashuv Sport TV orqali Sanjar Mahmudxonov sharhida ko‘rsatiladi. Soat 20:30 da "Augsburg" — "Shalke 04" o‘yini start oladi.

Fransiya Liga 1 musobaqasida soat 18:00 da "Parij" — "Nissa", 20:15 da "Renn" — "Le Man", 23:45 da esa "Monako" — "Marsel" uchrashuvlari o‘tkaziladi.

Turkiya Superligasining 3-turida soat 23:30 da "Samsunspor" — "Fenerbahche" va "Istanbul Bashakshehir" — "Qosimposho" bahslari boshlanadi.

Kiritildi: 12:19 30.08.2026. O'qildi: 487 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!