Tailand qirolining to‘ng‘ich qizi, malika Bajrakitiyabxa uzoq davom etgan xastalikdan so‘ng 47 yoshida vafot etdi, deya xabar berdi Qirollik saroyi byurosi.
Mazkur bayonotni «Nation» gazetasi chop etdi.
Payshanba, 11 iyun kuni malikaning ahvoli keskin yomonlashgan. 21 maydan buyon unda ichak yallig‘lanishi oqibatida qorin bo‘shlig‘i infeksiyasi rivojlanayotgan edi.
Shuningdek, u qon bosimining pastligi va yurak urishining notekisligidan (aritmiya) aziyat chekib kelayotgandi.
Malika 2022 yilning dekabr oyidan beri koma holatida edi. Shifokorlar unda qonning g‘ayritabiiy ravishda ivishini (koagulyasiya) qayd etishgandi.