Bugun 24 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

3 yashar bolani qasddan o‘ldirgan 30 yoshli erkak qamaldi

3 yashar bolani qasddan o‘ldirgan 30 yoshli erkak qamaldi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudi tomonidan Yashnobod tumani prokurorining Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi "v", "j" bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda gumon qilinuvchi S. M.ga (erkak, 1993 yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan, oilali, ma’lumoti – o‘rta-maxsus, muqaddam sudlangan, ishsiz) nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash hamda sud-psixiatriya ekpertizasi o‘tkazish to‘g‘risidagi iltimosnomalari taqdim etilgan hujjatlar bilan ko‘rib chiqildi.

Sudning 2024 yil 10 iyuldagi ajrimlari bilan iltimosnomalar qanoatlantirilib, gumon qilinuvchi S. M.ga nisbatan "qamoqqa olish" tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilib, sud-psixiatriya ekpertizasi o‘tkazish belgilandi.

Kiritildi: 13:28 11.07.2024. O'qildi: 1901 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!