Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

29 yoshli italiyalik sportchi vafot etdi

29 yoshli italiyalik sportchi vafot etdi

Italiyalik sportchi Matia Debertolis Xitoyning Chendu shahrida o‘tayotgan XII Butunjahon o‘yinlari chog‘ida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda BBC Sport nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, 8 avgust kuni Debertolis sportiv-yo‘nalish bo‘yicha o‘rta masofadagi yugurish bahsida ishtirok etayotgan paytida, qattiq issiq tufayli hushidan ketdi.

Unga zudlik bilan tibbiy yordam ko‘rsatildi va kasalxonaga yotqizildi. Biroq shifokorlarning sa’y-harakatlariga qaramay, Debertolis 12 avgust kuni vafot etdi.

Musobaqa tashkiliy qo‘mitasi va Xalqaro sportiv-yo‘nalish federasiyasi marhum sportchining oila a’zolariga va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirdi. Shuningdek, ular Debertolis oilasiga zarur bo‘lgan ko‘mak ko‘rsatishga va’da berishdi.

Kiritildi: 23:47 17.08.2025. O'qildi: 1460 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!