Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

26 nafar: O‘zbekistonning yana bir viloyati koronavirusdan xoli hududga aylandi

26 nafar: O‘zbekistonning yana bir viloyati koronavirusdan xoli hududga aylandi

Bugun Buxoro viloyatida 2, Samarqand viloyatida 24, jami 26 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor tuzaldi va reabilitasiyaga kuzatildi.

Ta’kidlash joizki, Buxoro viloyatida reabilitasiyaga kuzatilgan 2 nafar inson hozircha ushbu hududdagi koronavirus infeksiyasiga chalingan so‘ngi bemorlar sanaladi. Ikkisi ham Buxoro shahridan va koronavirus infeksiyasini bemorlar bilan muloqot orqali yuqtirib olishgan. Biri 53 yoshdagi ayol bo‘lsa, ikkinchisi esa 6 yoshli qizaloq. Shunday qilib, viloyatda 442 nafar kasallanish holati qayd etilgan bo‘lsa, fidokor shifokorlarimiz sa’y-harakatlari bilan bugungi kunda ularning barchasi butunlay darddan forig‘ bo‘lishdi.

Samarqand viloyatida sog‘ayganlarning 11 nafari erkak, 13 nafari esa ayollardir, ularning barchasi koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Shuningdek, tuzalganlarning barchasi Samarqand viloyatidan (8 nafari Samarqand shahridan, 5 nafari Oqdaryo tumanidan, 4 nafari Samarqand tumanidan, 2 nafardan Payariq va Ishtixon tumanlaridan, 1 nafardan Toyloq, Pastdarg‘om va Jomboy tumanlaridan). Ular orasida eng yoshi kattasi 51 yoshda bo‘lsa, eng kichigi 2019 yilda tug‘ilgan. Samarqand viloyatida shu paytga qadar 178 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ularning soni 202 nafarga yetdi.
Ayni paytda mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 2438 nafarni tashkil etmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.

Kiritildi: 13:46 22.05.2020. O'qildi: 5566 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!