Bugun 30 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

25 sotix yerni 29 ming AQSh dollariga sotmoqchi bo‘lgan mansabdor ushlandi

25 sotix yerni 29 ming AQSh dollariga sotmoqchi bo‘lgan mansabdor ushlandi

Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida yer sotish bilan bog‘liq holat aniqlandi. Bu haqida viloyat IIB axborot xizmati rahbari Shuhrat Jalolov ma’lum qildi.

G‘ijduvon tumanida tug‘ilgan, hozirda Buxoro shahrida faoliyat olib boruvchi Klasterning boshliq o‘rinbosari M.T. boshqa bir fuqaro – R.CH.ni aldab, moddiy manfaat topish payiga tushgan. U Kogon tumanining «Siyozpoyon» mahallasida joylashgan 49 yillik ijara shartnomasi asosida bog‘dorchilik faoliyati bilan shug‘ullanishga mo‘ljallangan 25 sotix yer maydonini sotishga uringan. Sotish huquqi mavjud bo‘lmasada, M.T. notarius orqali R.CH. nomiga to‘liq rasmiylashtirib berishini aytgan. Uning ishonchiga kirib, o‘z «xizmat haqi»ni 29.000 AQSh dollariga tenglashtirgan va R.CH.dan shuncha miqdorda pul talab qilgan.

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Tezkor qidiruv xizmati Jinoyat qidiruv boshqarmasi Korrupsiya hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan o‘rinbosarning yer maydonini noqonuniy sotish bilan bog‘liq firibgarligi fosh etilgan. M.T. talab qilingan pullardan 9 000 AQSh dollarini bo‘nak (avans) sifatida olayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168- moddasi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 16:52 21.07.2025. O'qildi: 632 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!