Tramp Eron masalasida yolg‘on gapirgan bo‘lishi mumkin, dedi senator Berni Sanders.
AQSh senatori Berni Sandersning aytishicha, Donald Tramp yozda Eronning yadroviy salohiyati AQSh zarbalari orqali yo‘q qilinganini aytgan, ammo bu bayonot haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi mumkin.
Sandersning fikricha, agar bu gaplar rost bo‘lsa, demak hozirgi harbiy operasiya “yolg‘on bahona” bilan boshlangan bo‘lishi ehtimoldan xoli emas. U bu holatni AQShning Iroqqa bostirib kirishi bilan taqqosladi.
“Tramp biz Eronga hujum qilishimiz kerakligini aytmoqda, chunki uning yadro quroliga ega bo‘lishiga yo‘l qo‘ya olmaymiz. Ammo iyun oyida aynan o‘zi "Eron yadroviy ob’ektlari yo‘q qilindi" degan edi. Vyetnam. Iroq. Eron. Navbatdagi yolg‘on. Navbatdagi urush”, — deb yozdi Sanders.