Bugun 28 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

216 mln. so‘mlik kredit qarzini undirish uchun qidiruvdagi avtomashina ushlandi

216 mln. so‘mlik kredit qarzini undirish uchun qidiruvdagi avtomashina ushlandi

Majburiy ijro byurosining Jizzax viloyati boshqarmasi Qidiruv sho‘’basi hamda YHXB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilayotgan «AVTOKON» tadbiri doirasida kredit qarzdorligi bo‘yicha qidiruvda bo‘lgan avtotransport vositasi aniqlandi.

Tadbir davomida bank foydasiga 216 million so‘m miqdorida kredit qarzi mavjud bo‘lganligi sababli qidiruvga berilgan avtotransport vositasi belgilangan tartibda ushlandi.

Aniqlangan avtotransport vositasi ijro harakatlarini ta’minlash maqsadida jarima maydoniga joylashtirildi. Mazkur chora kredit qarzdorligini undirish va ijro hujjati talablarini ta’minlashga qaratilgan.

Byuro tomonidan banklar foydasiga undiruvlar bo‘yicha qarzdorlarning mol-mulkini aniqlash, qidiruvdagi avtotransport vositalarini topish hamda qonunchilikda belgilangan majburiy ijro choralarini qo‘llash ishlari hamkor tashkilotlar bilan birgalikda izchil davom ettirilmoqda.

Kiritildi: 16:36 16.09.2026. O'qildi: 885 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!