Bugun 19 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

2030 yilga borib Xitoy mingdan ortiq yadro kallaklarini joylashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladi

2030 yilga borib Xitoy mingdan ortiq yadro kallaklarini joylashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladi

Bu haqda AQSh Mudofaa vazirligining Xitoy harbiy qudrati to‘g‘risidagi yillik hisobotida keltirilgan.

"Pentagon hisob-kitoblariga ko‘ra, XXR 2030 yilga borib mingdan ortiq operativ joylashtirilgan yadro kallaklariga ega bo‘ladi. Ularning katta qismi yuqori darajada shay holptda bo‘ladi. Xitoy 2035 yilgacha yadro qudratini kengaytirishni davom ettiradi va shu vaqtga borib Xitoy Xalq ozodlik armiyasining modernizasiyasini “asosiy darajada yakunlash” vazifasini bajarishni ko‘zlamoqda. Bu 2049 yilga borib dunyo miqyosida tengsiz harbiy qudratga ega bo‘lishni maqsad qilgan Xitoy rahbari Si Jinpinning strategik rejasi doirasidagi muhim bosqichdir", deyiladi Pentagon hisobotida.

AQSh Mudofaa vazirligining baholariga ko‘ra, joriy yil holatiga Xitoyning yadro arsenali 600 dan ortiq yadro kallaklarini o‘z ichiga oladi.

Kiritildi: Bugun 09:15. O'qildi: 403 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!