O‘zbekistonda davlat va nodavlat tibbiyot tashkilotlari uchun yagona talablar joriy etiladi. Bu prezident tomonidan imzolangan aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirishga qaratilgan qarorda belgilandi.
Hujjatga ko‘ra, endilikda mulkchilik shaklidan qat’i nazar barcha tibbiyot muassasalari faoliyati yagona talab va standartlar asosida nazorat qilinadi. Qaror tibbiy faoliyatni lisenziyalash va akkreditasiyalash tizimini shaffoflashtirish, uni bosqichma-bosqich xalqaro standartlarga moslashtirish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirishga qaratilgan.
Prezidentning tibbiyot sohasida xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan farmoni qabul qilindi.
Hujjatga ko‘ra, 2026 yil 1 iyuldan:
▪️xususiy klinikalar davlat tibbiy sug‘urtasi doirasida byudjet hisobidan tibbiy xizmat ko‘rsatadi;
▪️davlat va xususiy muassasalar uchun yagona bazaviy narxlar joriy etiladi;
▪️akkreditasiyadan o‘tgan klinikalar uchun ayrim ruxsat berish tartiblari soddalashtiriladi;
▪️ixtisoslashtirilgan xizmatlar va jarrohlik amaliyotlari uchun yo‘llanma tizimi yo‘lga qo‘yiladi;
lisenziya qoidalari buzilganda faqat tegishli yo‘nalish faoliyati cheklanadi;
▪️tug‘uruq muassasalariga laboratoriya xizmatlarini autsorsing asosida tashkil etishga ruxsat beriladi.
Shuningdek, 2027 yil 1 maydan nodavlat tibbiyot muassasalarida transplantasiya amaliyotlarini o‘tkazishga ruxsat beriladi.