JCH-2026 saralash turnirining navbatdagi qismi ortda qoldi. Jahon chempionatiga 13 ta terma jamoa yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Ulardan 10 nafari saralash to‘siqlarini yengib o‘tgan bo‘lsa, 3 nafari Kanada, Meksika va AQSh musobaqa mezboni sifatida avtomatik ravishda yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Demak, Jahon chempionatiga quyidagilar yo‘llanma olgan: Kanada, Meksika, AQSH, Yaponiya, Yangi Zelandiya, Eron, Argentina, O‘zbekiston, Janubiy Koreya, Iordaniya, Avstraliya, Braziliya va Ekvador.
Jahon chempionati 2026 yilning yozida bo‘lib o‘tadi.