Bugun 20 noyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

2026 yildan majburiy avtosug‘urta tariflari va tovon puli oshadi

2026 yildan majburiy avtosug‘urta tariflari va tovon puli oshadi

2026 yildan majburiy avtosug‘urta bo‘yicha minimal kafolatlangan tovon puli 40 mln so‘mdan 80 mln so‘mga oshiriladi. Bu — YTHda haydovchi yoki yo‘lovchiga yetkazilgan zarar uchun sug‘urta kompaniyasi to‘laydigan eng kam miqdor.

📈 1 yanvardan amal qiladigan yangi tariflar:

Engil avtomobillar:
➖ Hududlarda: 160 000 so‘m;
➖ Toshkent shahri va viloyati: 192 000 so‘m;
➖ Chet el raqamli (vaqtincha kiritilgan): 320 000 so‘m.

Yuk avtomobillari:
➖ Hududlarda: 280 000 so‘m (48 000 → 280 000);
➖ Toshkent shahri/viloyati: 336 000 so‘m (67 200 → 336 000);
➖ Chet el raqamli: 560 000 so‘m.

YTHga sababchi bo‘lgan haydovchilar uchun tariflar oshiriladi:
➖ 1 ta hodisa: 208 000 – 249 600 so‘m;
➖ 2 ta hodisa: 320 000 – 384 000 so‘m;
➖ 3 va undan ortiq: 480 000 – 576 000 so‘m.

Kiritildi: Bugun 16:04. O'qildi: 403 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!